Ma'lumotlarni xavfsiz izlovçi dastur, virtual reallik közoynaklari va Samsung buklanuvçi smartfoni 2021 yilning eng yaxşi ixtirolari deb topildi.

Time naşri tomonidan har yil e'lon qilinuvçi yilning eng yaxşi ixtirolari röyxatidan bir neça önlab gadjet, texnologiya va ixtirolar joy oldi. Ular bir neçta toifaga bölingan.

Jurnal mualliflari “Dasturlar” bölimiga ma'lumotlar izlovçi Neeva, Subdial trevoga tugmasi dasturlarini, interfaol xarita MTA Live Subway Map’ni kiritişgan.

“VR va AR” bölimiga Lenovo ThinkReality A3 Smart va Qualcomm Snapdragon XR2 virtual reallik közoynaklari, Google Maps uçun töldirilgan reallik rejimi kiritilgan.

“Iste'molçilik elektronikasi” bölimidan Paper Shoot Camera fotoapparati, Samsung Galaxy Z Flip3 buklanuvçi smartfoni, Framework Laptop noutbugi, Vecnos IQUI “aqlli” selfi-tayoqçasi, JLab JBuds Frames smart-közoynaklari joy olgan.

Soğliqni saqlaş tizimidagi eng yaxşi ixtirolar qatoriga koronavirus va malyariyaga qarşi vaksinalar kiritilgan.

Şuningdek, Looking Glass Portrait uç ölçamli fotoramkasi, Roborock S7 robot-çangyutgiç, Apple M1 Pro protsessori, LG G-seriyasidagi televizorlar, Adidas va Nike futuristik krossovkalari ham yilning eng yaxşi ixtirolari deb topilgan.

Time 2020 yilda PlayStation 5 va Xbox Series X öyin pristavkalarini, Samsung Sero televizorini, Nvidia GeForce Now videoöyinlar bulutli servisini, Microsoft Surface Duo buklanuvçi smartfonini yilning eng yaxşi ixtirolari deb topgandi.