15:30 / 14.12.2020
3100
Xalq ta'limi vazirligi ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

“8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi” bayrami munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat maktablari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori hamda Muhtaram yurtboshimiz rahbarligida 2019 yil 19 martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat maktablari o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullantirish samaradorligini yanada oshirish borasida O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2020 yil 11 dekabr kuni Toshkent shahrida “8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi” bayrami munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi ta'lim muassasalarining 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smir va qizlar o‘rtasida sportning voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha Markaziy kengash sovrini uchun Toshkent shahar birinchiligi musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi va o‘tkazildi.

Mazkur sport musobaqalarida jami 100 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Ushbu qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda voleybol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladilar.

Voleybol sport turi bo‘yicha:

1-o‘rinni Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi jamoasi;

2-o‘rinni Profilli mehnat ta'limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi jamoasi;

3-o‘rinni Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Stol tennisi sport turi bo‘yicha:

Qiz bolalar o‘rtasida:

1-o‘rinni Soloveychik Marina

2-o‘rinni Egamnazarova Asal

3-o‘rinni Abdumannopova Ziyodalar qo‘lga kiritdi.

O‘g‘li bolalar o‘rtasida:

1-o‘rinni Jurayev Samariddin

2-o‘rinni Mahmudov Jaloliddin

3-o‘rinni Fatxullayev Muxammadsolihlar qo‘lga kiritdi.

Ushbu sport musobaqasida umumjamoa hisobida:

Voleybol sport turi bo‘yicha:

1-o‘rinni Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi

2-o‘rinni Profilli mehnat ta'limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi

3-o‘rinni Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi qo‘lga kiritdi.

Stol tennisi sport turi bo‘yicha:

1-o‘rinni Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi

2-o‘rinni Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi

3-o‘rinni Profilli mehnat ta'limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati matbuot xizmati

Top