— Şaxsiy transportdan voz keçib, jamoat transportida yurarmidingiz?

— Agar hozirgi vaziyatda böladigan bölsa, jamoat transportida yuriş menga qiyinçilik tuğdiradi: men hamma narsaga ulgurolmayman.

— Oxirgi marta qaçon avtobusda yoki metroda yurgansiz?

— Oxirgi marta Xitoydan qaytib kelganimdan keyin... Ötgan yili dekabrda. Bir yil bölibdi. Çunki öşa paytda Toşkentni, Özbekistonni soğingandim, öşanda aylangandim.

— Vazirlar ham piyoda yuradimi? Yomğir yoğganda köçalar suvga tölyapti, qor yoğganda sirpançiq...

— Men boşqa vazirlar... [uçun javob bera olmayman]. [Biz örganişlar olib borgan] 1700 ta maktab... Bu albatta piyoda yurişni taqozo qiladi. Maktablar orasida ham piyoda yurgan paytlarimiz bölgan. Mahallalarning içida ham piyoda yuramiz. Piyoda yurişdan qoçmaymiz.

Vazirlar ham odam. Biz ham issiq jonmiz. Piyoda yurişni yaxşi köraman. Qança köp yursak, şunça yaxşi. Lekin bitta tomoni bor. Biz ulgurişimiz uçun imkoniyatimiz afsuski çeklangan. Sizlarga dardim aytiş, noliş niyatim yöq, lekin bir narsa: ba’zi bir paytlarda omadim çopsa 5 soat uxlayman. Töğrisi. Işonasizlarmi, işonmaysizlarmi, bu – özlaringga havola. Men özim şaxsan 5 soat uxlayman, agar omadim çopsa.

— XTV tizimida va umuman Özbekistondagi istalgan tizimda qarindoş-uruğçilikka yöl qöyiş qançalik töğri?

— Xalq ta’limi tizimida qarindoş-uruğçilikka yöl qöyilgan tomonlari juda köp deb öylayman. Bilasizlar, mahallada... biz sovet paytida tuğilganmiz, buvim mahalladagi maktabning direktori edilar, rahmatli onam ham öşa maktabda dars berganlar. Kelinoyim ham, ammalarim ham öşa maktabda dars berganlar.

— Hozirgi kunda bu töğrimi?

— Bitta narsa-da. Misol uçun, katta mahallada bitta maktab bor... Buni yoqlaş ham, yoqlamaslik ham notöğri deb öylayman. Özimning şaxsiy fikrim, albatta, buni sal çeklaşimiz kerak. Qanaqa ma’noda, agar haqiqatda öşa mahallada boşqa öqituvçilar [bölmasa] yoki boşqa öqituvçilar bu maktabga kelmasa va aynan öşa [direktorning qarindoşlari bölmiş] öqituvçi-ustozlar zör bölsa, nimaga yöq? Nimaga yöq? Zör bölsa? Sizlarda ham balki qarindoşlaring orasida öqituvçilar bordir.