Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilarga asosiy vazifasidan ortiqcha ishlar buyurish taqiqlanadi - Prezident Administratsiyasi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilariga ta’lim berishdan tashqari ortiqcha vazifalar, jumladan, mahallalarda uyma-uy yurib, xatlov qilishga majburlanayotgani xabar qilingan edi. Endi bu kabi topshiriqlar taqiqlanadi.

Foto: Kun.uz
Xalq ta’limi vazirligi hamda tegishli mutassaddilarga o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan barcha ortiqcha vazifalarni inventarizatsiya qilish hamda ularni taqiqlash yuzasidan administratsiya tomonidan tegishli ko‘rsatma berildi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov telegram-kanalida xabar berdi.
Bundan oldinroq bloger Nikita Makarenko o‘qituvchilarga tayanib shu boradagi muammolarni yoritgandi.
«Bu ishlarning barchasi maktab direktorlari va tuman xalq ta’limi bo‘limlarining sirtdan berilgan buyruqlari asosida sodir bo‘lyapti. Bu holatda Xalq ta’limi vazirligi befarq. Ehtimol vazirlik muammodan xabardor va ommaviy bayonotlarga qaramasdan, zamonaviy qullikning ushbu shakliga samarali barham berish qo‘lidan kelmaydi», deb yozgan u.
Bloger muammo tizimli ekanini qayd etib, butun mamlakat bo‘ylab barcha maktablarning o‘qituvchilari qullik va haq to‘lanmaydigan mehnatga keng jalb etilayotganini ta’kidlab o‘tgan.
«Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 14 avgustda qabul qilingan PQ–3907-sonli qarorida o‘qituvchilarni bunday ishlarga jalb qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiqlanganiga qaramay sodir bo‘lmoqda. To‘plangan dalillar Prezident qarori amalga oshirilmayotgani, mas’ul idoralar tomonidan o‘qituvchilar o‘rtasida ommaviy qullikka qarshi samarali kurash olib borilmayotganini ko‘rsatish imkonini beradi», deb yozadi Makarenko.
O‘qituvchilarni vazifasidan tashqaridagi yumushlarga noqonuniy majburlash borasida Saida Mirziyoyeva ham o‘z munosabatini bildirib o‘tdi:
«O‘qituvchilarni xuddi yigirma yil oldingi kabi yana xonadonlarni aylanib chiqishga va o‘quvchilar ro‘yxatini tuzishga majbur qilishayotgani haqida eshitib, juda xafa bo‘ldim.
Men o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish o‘ta zarur deb hisoblayman va mutasaddilardan ularning zimmasiga keraksiz va noqonuniy vazifalar yuklashni bas qilishlarini so‘rab qolaman.
O‘qituvchilarning asosiy vazifasi — farzandlarimizga bilim berish orqali mamlakatimiz kelajagini ta’minlashdir.
Buning o‘zi juda murakkab vazifa. Ta’lim yo‘nalishida shundoq ham muammolar g‘ij-g‘ij bo‘lib turganida, ustiga-ustak o‘qituvchilar gardaniga yana qandaydir qo‘shimcha vazifalar yuklash — bu endi ortiqcha.
O‘qituvchilarni ortiqcha ishlarga majbur qilish nafaqat maktabga, balki O‘zbekiston kelajagiga ham zarar yetkazadi».
Mirziyoyeva barcha mas’ul shaxslardan ushbu muammoni imkon qadar tezroq hal qilish va o‘qituvchilardan dars berishdan boshqa barcha vazifalarni ozod qilishini so‘ragan.
«Hozir mamlakatimizda ta’lim birinchi raqamli ustuvor masaladir. Biz o‘qituvchilarga tekin xizmatkor xodim sifatida qarashga barham berishimiz shart. Ular jamiyatning eng hurmatli va ardoqli qatlamiga aylanishi, buning uchun barcha birdek harakat qilishi zarur deb hisoblayman. Zero faqat ta’lim, faqat o‘qituvchilar yordamidagina biz taraqqiyotga erisha olamiz. Farzandlarimiz kelajagi ularning hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun ham ustozlarimizni e’zozlashimiz shart!», — deb yozgan Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi
Jahon | 23:50 / 31.07.2025
-
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi
Jahon | 23:05 / 31.07.2025
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi
Jahon | 22:53 / 31.07.2025
-
Parlamentdagi muxolifat, pulli yo‘llarning kechiktirilishi, o‘zbek sportidagi xush va noxush xabar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:42 / 31.07.2025
Mavzuga oid

16:12 / 24.07.2025
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

20:45 / 23.07.2025
Hindiston talabalarga O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikni tavsiya qildi

13:07 / 23.07.2025
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlariga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi

07:41 / 21.07.2025