Özbekistondagi 10 130 ta maktabdan 2 mingdan ortiğining infratuzilmasi muammoli. 1 600 dan ortiq maktabda esa haligaça sport zali yöq. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov jurnalistlarga bergan intervyusida aytib ötdi.

Vazirning sözlariga köra, bu muammolar birdaniga paydo bölgan emas, balki yillar davomida yiğilib kelgan.

“Biz 1991 yilda mustaqillikka erişgan bölsak, infratuzilmani rivojlantiriş uçun 2016 yilgaça yetarli darajada mablağ ajratilmadi. 10 mingdan ortiq maktab kam emas, manaman degan davlatlarda ham bunça maktab yöq.

Bugungi kunda öquvçilarimiz uçun joylar yetişmovçiligi, ya’ni köp maktablarimizda koeffitsiyent yuqoriligi – bu ham muammo. Lekin yana qaytaraman, bu muammolar bugun tuğilgani yöq. Bu öşa 1991 yildan keyin ta’limga e’tiborimiz yetarli bölmaganligi. Ya’ni öşa paytda... Men hozir bu gapim bilan “biz çiroyligina, oppoqqinamiz, 91-yildan keyingi odamlar aybdor”, demoqçi emasman. Yöq. Öşa paytdagi vaziyat... Davlat köproq xavfsizlikka, çegaraga, iqtisodiyotga, qişloq xöjaligiga köproq e’tibor bergandir. Ta’limni sal çekkaroqqa olib qöygandir”, – dedi Baxtiyor Saidov.

Vazirning aytişiça, 2022 yilda 791 ta maktab ta’mirlanib, 55 tasi yangidan qurilgan.

“Xalq ta’limida bugungi qilinayotgan işlarning natijasini 5-10 yildan keyin köramiz. Agar haqiqatan ham ta’limning içiga sal bölsa ham kirgan bölsanglar, buni juda ham yaxşi tuşunasizlar degan umiddaman. Oxirgi 5 yil davomida qilingan, bugun qilinayotgan va yaqin 3-4 yilda qilinadigan işlarning natijasini biz 5 yil, 10 yilda köramiz”, – dedi XTV rahbari.