07:30 / 28.12.2020
3344
Samarqandda korxonalar bayram korporativlari o‘tkazmaslik bo‘yicha ogohlantirildi

Samarqandda faoliyat yuritayotgan korxonalar yangi yil kirib kelishi arafasida bayram korporativ tadbirlari o‘tkazmaslik bo‘yicha ogohlantirildi.

Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi bu borada tashkilotlarga ogohlantirish e'lon qildi: «Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi viloyatdagi barcha tashkilot, idoralar, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va boshqa tashkilotlarni turli xil korporativ bayram tadbirlarini tashkil etmaslik bo‘yicha yana bir bor ogohlantiradi», deyiladi IIB e'lonida.

Bu ogohlantirish koronavirus bilan bog‘liq holat murakkablashmasligi uchun berilgan. Butun dunyoda, xususan, Yevropada epidemiologik holat yana murakkablasha boshlagani sabab O‘zbekiston ham ehtiyot choralarini ko‘ra boshladi. Britaniyada koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi tarqalgani sabab O‘zbekiston Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR bilan aviaqatnovlarni 10 yanvarga qadar to‘xtatgandi.

Ayni damda 76 ming 751 nafar o‘zbekistonlik koronavirus yuqtirgan. 613 kishi virus sabab halok bo‘lgan.

Top