18:46 / 29.12.2020
10832

«Mahalla raislarini kerak bo‘lsa hokim qilishga ham tayyorman» – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida mahallalarda ishlayotgan malakali va tashabbuskor kadrlarni davlat idoralari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimi yo‘lga qo‘yilishi, endilikda mahalla raislari va ularning o‘rinbosarlarini ham tizimli ravishda tayyorlanishini ma'lum qildi.

«Mahallada ishlayotgan malakali va tashabbuskor kadrlarni davlat idoralari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Akademiyamizga [O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi nazarda tutilmoqda – tahr.] topshiriq bo‘ldi, endi mahalla raislari va ularning o‘rinbosarlarini ham tizimli [ravishda] tayyorlaymiz.

Urgut, Shahrixonga o‘xshash katta-katta tumanlarimizda yetti ming, sakkiz ming aholi yashaydigan mahallalarimiz bor. O‘shalardagi mahalla raislarini kerak bo‘lsa hokim qilishga ham tayyorman», deb aytgan davlat rahbari.

Murojaatnomada, shuningdek, mahalla raislari vakolatlari kengaytirilishi, tuman budjetining 15 foizi mahalladagi muammolarni hal qilishga yo‘naltirilishi haqida ham so‘z borgandi.

Top