Respublikaning turli hududlaridagi MFY binolarida har kuni soat 7:30 da mahalla raisi va xodimlar tomonidan davlat madhiyasi aytilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ning bir neçta manbalari ma’lum qilgan.
Aytişlariça, bu talab böyiça biror bir yozma körsatma yöq, topşiriq “yuqoridan” oğzaki berilgan. Topşiriq bilan birga uning ijrosi yuzasidan davlat madhiyasi ijro etilgani aks etgan videolavhani har kuni tuzilmaning yuqori böğinlariga hisobot sifatida topşiriş (Telegram messenjeri orqali) talabi ham qöyilgan.


“Mas’ullarning bu topşiriğini şunçaki közböyamaçilik, töğriroği “galoçka” uçun qilingan iş deyiş mumkin. Sababi, respublikada öng mingga yaqin mahalla bor. Har kuni şunça mahallada madhiya aytildimi yoki yöqligini tekşirib ötiriş, ular taşlagan videolavhalarni tinglab köriş deyarli imkonsiz. Qolaversa, ayrim mahallalarimiz hududida ança katta, MFY binosi va raisning uyi orasidagi masofa bir neça kilometrni taşkil qiladi. Bu yoşi katta mahalla raislariga noqulaylik tuğdiryapti, kamiga mehnat qonunçiligi buzilişiga ham sabab bölyapti” deydi Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan, ismini oşkor qilişni istamagan mahalla raisi.
Topşiriqdan söng respublikaning barça hududlarida uning ijrosi talab qilina boşlangan. Masalan, Namangan viloyatining Uçqörğon tumanidagi MFYlarda iş boşlanişidan oldin davlat madhiyasi aytilyapti. Bu haqda tuman hokimligi xabar bergan. Unda ta’kidlanişiça, tumanidagi barça 64 ta MFYda mahalla beşligi kunlik faoliyatini davlat madhiyasini ijro etiş bilan boşlamoqda.


Madhiya ijrosi bilan boğliq bu topşiriq “Özbekiston respublikasi davlat madhiyasi töğrisida”gi qonunga zid bölişi mumkin.
Qonunning 3-moddasiga köra, davlat madhiyasi quyidagi holatlarda ijro etiladi:
– Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirişiş çoğida — u qasamyod qabul qilganidan söng;













