08:56 / 31.12.2020
22185

Oliy ta'lim muassasalarini yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda

Yirik shaharlarda 2020-2025 yillarda urbanizatsiyani rivojlantirishning asosiy konseptual yo‘nalishlari e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 yanvardagi 48-son qarori asosida “aqlli ta'lim” tizimini joriy etib, asosiy e'tibor ta'lim onlayn-platformalar va ommaviy ochiq onlayn kurslar tarzidagi texnologik yechimlar to‘plamini, virtual real holat bilan to‘ldirilgan ilg‘or vizualizatsiya va masofaviy kirish texnologiyalari va boshqalarni o‘z ichiga olgan texnologik yechimlar joriy etilishiga qaratiladi.

“Talabalar shaharchasi”ni shakllantirish maqsadida mavjud oliy ta'lim muassasalarini yirik shaharlar chekkasiga ko‘chirish va u yerda yangi oliy ta'lim muassasalarini barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mavjud maktabgacha ta'lim muassasalarining (MTM) joriy holatidan kelib chiqib, ularni rekonstruksiya qilish, shuningdek kelgusida aholi o‘sish sur'atini inobatga olgan holda yangi MTMlar bilan qamrab olish mo‘ljallangan.

Davlat MTMlari tomonidan qo‘shimcha pulli xizmatlar ko‘rsatishni joriy etish (dam olish kunlari va ish kuni yakunlangandan keyin bolalarni parvarishlash, unga qarab turish va o‘qitish, belgilangan dasturdan tashqari sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklari, badiiy-estetik, fan to‘garaklari tashkil etib, qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutish) ko‘zda tutilyapti.

Top