Samarqand tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Ma'lumotda aytilishicha, Dilfuza Azizova Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshladi.
Ushbu tayinlovga qadar Dilfuza Azizova viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.