09:24 / 20.01.2021
4345
“O‘zbekneftgaz”: Neft baza rahbarlari sintetik kerosin va sintetik dizel yonilg‘isi ishlab chiqarishi rejalashtirilayotgan GTL loyihasi bilan tanishishdi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish”ga doir yig‘ilishida neft mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlariga ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishi lozimligi bo‘yicha topshiriq berildi.

Berilgan topshiriqqa asosan, neft bazalar rahbarlari “Uzbekneftegaz GTL” zavodida bo‘lishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Neftni qayta ishlash, neft-kimyo, neft mahsulotlarini saqlash va transportirovka qilish departamenti mas'ul rahbarlari va barcha neft baza direktorlari “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining tozalangan metan asosida suyultirilgan sintetik yonilg‘i ishlab chiqarish” (GTL) loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha o‘rganish va tajriba almashish maqsadida zavodga tashrif buyurishdi.

Bunda “GTL” zavodida qurilishi rejalashtirilgan texnologik qurilmalar, boshqaruv pultlari, mahsulotlarni saqlash sig‘imlari, to‘kish va quyish estakadalari o‘rganildi.

Tashrif doirasida sintetik yonilg‘ilarni ishlab chiqarish, saqlash va sotishni tashkil etish yuzasidan yig‘ilish va muzokaralar o‘tkazildi.

“Uzbekneftegaz GTL” zavodi Bosh muhandisi GTL loyihasi doirasida qayta ishlash va ishlab chiqarish quvvatlari hamda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulotlarning texnik tasniflari bilan tanishtirib o‘tdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu loyiha 2021 yilning 3-chorak yakuni bilan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Zavodning tabiiy gazni qayta ishlash yillik quvvati 3,6 mlrd kub mer bo‘lib, natijada 437,3 ming tonna sintetik nafta, 307,3 ming tonna sintetik kerosin va 724,6 ming tonna sintetik dizel yonilg‘isi ishlab chiqariladi.

GTL loyihasi doirasida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan 724,6 ming tonna dizel yonilg‘isini transportirovka qilish, “Neft baza” MChJlarga qabul qilish, saqlash hamda ularni respublika birja savdolari orqali sotish va iste'molchilarga yetkazib berish yuzasidan mavjud masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni chuqur o‘rganish, yechimlari bo‘yicha tahlillar o‘tkazish kerakligi yuzasidan hamda loyiha doirasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tasarrufdagi neft bazalar orqali sotish mexanizmlarini ishlab chiqish, marketing va targ‘ibot qilish bo‘yicha tegishli “Yo‘l xarita”si ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, neft bazalarining metrologiya va laboratoriya mutaxassislari ishtirokida zavodni o‘rganish yuzasidan kelishib olindi.

Top