21:01 / 29.01.2021
3798
Profilaktika inspektorlari uchun xizmat uylari qurish taklif etilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida profilaktika inspektorlarini xizmat uylari bilan ta'minlashga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.

Loyihada ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlarini 2021-2023 yillarda xizmat uy-joylari bilan ta'minlash choralari sifatida quyidagilar ko‘rsatilmoqda:

  • ular xizmat o‘taydigan hududda joylashadigan xizmat uy-joylari (zarurat bo‘lganda shaharlarning yakka tartibdagi uy-joylarga ega bo‘lgan mahallalarida) qurish;
  • shahar joylarda ko‘p qavatli uylardan kvartiralar sotib olish yoki mahalliy hokimliklar tomonidan kvartiralar va uy-joylar ajratish.

Aytish joizki, qaror loyihasida 2021–2023 yillarda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari uchun bevosita ular xizmatni o‘taydigan hududda joylashadigan xizmat uy-joyi bilan ta'minlash dasturi ilova sifatida keltirilishi aytilgan bo‘lsa-da, loyiha matnida ushbu ilova mavjud emas.

Top