Toşkent şahrining Yangihayot tumanida profilaktika inspektori piçoqlandi. Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, 14 aprel kuni Yangihayot tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari bir xonadonda janjal bölayotgani haqidagi xabarga aniqlik kiritiş maqsadida yetib kelişgan. Şu payt xonadon egasi mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan içki işlar xodimlariga qarşilik körsatib, profilaktika inspektorlaridan birining kökrak qafasiga oşxona piçoği bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Tan jarohati olgan profilaktika inspektori şifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy yordam körsatilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105- (qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş) va 219- (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toşkent tumanida oilaviy janjal böyiça çaqiruv olgan profilaktika katta inspektori piçoqlangani xabar qilingandi.