Samarqand şahrining Bunyod mahallasida yaşovçi fuqaro M.R. 102 operatoriga qönğiroq qilib, yaşaş xonadonida janjal bölayotganligini ma’lum qilib, profilaktika inspektorini yuborişni söragan.
Hodisa 2023 yil 20 noyabr soat 19:30 da sodir bölgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev xabar bermoqda.
Çaqiruvga köra, Samarqand şahar böyiça IIO FMB 6-son IIB profilaktika noziri leytenant A.Toşpölotov fuqaroning yaşaş xonadoniga borgan.
Inspektor muqaddam jinoyat kodeksining bir neça moddalari bilan sudlangan fuqarolar M.R., uning opasi, turmuş örtoği va ukasi özaro janjallaşayotganligini körib, ularni ajratmoqçi bölgan.
Janjalga çek qöyiş jarayonida fuqarolar profilaktika inspektoriga faol qarşilik körsatib, uni turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Şuningdek, unga tegişli bölgan maşinaning old oynasini sindirib, moddiy zarar yetkazişgan.
Qayd etilişiça, voqea joyi tegişli tartibda közdan keçirilib, fuqarolarga nisbatan jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ular protsessual tartibda qamoqqa olingan.












