Samarqand şahrida janjalga çek qöyişga borgan profilaktika inspektoriga qarşilik körsatgan fuqarolarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev ma’lum qildi.
Öşa kuni soat 19:30 da şaharning Bunyod mahallasida yaşovçi fuqaro M.R. 102 operatoriga qönğiroq qilib, yaşaş xonadonida janjal bölayotganini ma’lum qilgan va inspektor yuborişni söragan. Şunga köra, IIO FMB 6-sonli IIB profilaktika inspektori A.T. xonadonga borgan.
«Şu vaqtda muqaddam Jinoyat kodeksining bir neça moddalari bilan sudlangan fuqarolar M.R., uning opasi, turmuş örtoği va ukasi özaro janjallaşayotganini körib, ularni ajratib, janjalga çek qöymoqçi bölgan. Ammo fuqarolar profilaktika inspektoriga faol qarşilik körsatib, uning turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan. Şuningdek, inspektorga tegişli Spark maşinasining old oynasini sindirib, moddiy zarar yetkazgan», deyiladi IIB bayonotida.
Fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan (3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan).
IIBning aniqlik kiritişiça, fuqarolarning biri protsessual tartibda qamoqqa olingan, yana bir fuqaro uy qamoğida saqlanmoqda. Tergov harakatlari olib borilmoqda.












