18:31 / 03.02.2021
52879
Markaziy saylov komissiyasining 16 yillik raisi vakolatini topshirmoqda

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatilmoqda.

«Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati xabarida ma'lum qilinishicha, Qonunchilik palatasida Markaziy saylov komissiyasining 7 nafar a'zosi vakolatlari tugatilishi masalasi ko‘rib chiqilgan:

  • Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov, Markaziy saylov komissiyasi raisi;
  • Janabay Sodiqov, huquqshunos;
  • Otagaldi Bobojonov, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Xalq qabulxonasi mudiri;
  • Muhayyo Jo‘rayeva, «Hunarmand» uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i;
  • Esanboy Rajabov, Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlapi birlashmasi paisi maslahatchisi;
  • Erkin Xo‘jaqulov, Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudining raisi;
  • Jalil Norov (marhum).

Shuningdek, Qonunchilik palatasi 8 nafar yangi a'zolar nomzodini ko‘rib chiqdi va ma'qulladi:

  • Ergash Yusupov, Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;
  • Zayniddin Nizomxo‘jayev, Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari;
  • Aleksandr Farmonov, «O‘zelektroapparat» AJ boshqaruv raisi maslahatchisi;
  • Muyassar Qodirova, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati mas'ul tashkilotchisi;
  • Bahrom Qo‘chqorov, Adliya vaziri o‘rinbosari;
  • Shuhrat Jo‘rayev, pensiyada;
  • Orifjon Bozorov, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori;
  • Alisher Usmonqulov, Jizzax politexnika instituti rektori.

Ma'lumot uchun, Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 1952 yilda tug‘ilgan,  Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos, yuridik fanlar nomzodi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist.

U 1995-2004 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi, 2004-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi bo‘lib ishlagan. 2005 yil 7 maydan buyon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Bundan oldinroq, MSK raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov Buxoro viloyatining prokurori lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida Qonunchilik palatasi Konstitutsiya va Saylov kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. O‘zgarishlardan biri saylov sanasini dekabrdan oktyabrga ko‘chirishni ko‘zda tutadi. Senat ham ushbu qonun loyihasini ma'qullab, prezident imzolasa, 2021 yilgi prezidentlik saylovlari 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top