Özbekiston prezidenti saylovida soat 15:00 holatiga 11 705 357 nafar saylovçi (60,74 foiz) ovoz bergan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lumot berdi.
Nisbatan eng yuqori davomat Andijon (67,36 foiz), Farğona (66,52 foiz) va Jizzax (66,25) viloyatlarida kuzatilmoqda.

Mamlakatda 10 784 ta saylov uçastkasi öz faoliyatini olib bormoqda. Unda iştirok etişi mumkin bölgan saylovçilar soni 19,2 milliondan ortiqni taşkil etgan.
Bundan avvalroq, 28 iyundan 5 iyulgaça bölgan muddatdan oldin ötkazilgan ovoz beriş jarayonida 815,3 ming kişi, jumladan, 180,7 ming nafar xorijda, 634,5 ming nafar şaxs mamlakat içida ovoz bergani ma’lum qilingandi.













