Markaziy saylov komissiyasi 9 iyul kuni ötayotgan prezident saylovi böyiça soat 11:00 holatiga köra natijalarni e’lon qildi.

Unga köra, saylovda 6 mln 463 ming 874 kişi ovoz berib ulgurdi. Bu umumiy saylovçilarning (19,4 mln) 33,54 foiziga teng.

Bu raqamlar Özbekiston prezidenti saylovi ötgan, deb hisoblaşga asos böla oladi.

MSK hisobotiga köra, dastlabki soatlarda eng yuqori davomat Andijon va Jizzax viloyatlarida (mos ravişda 39,37 va 39,23 foizdan), eng past körsatkiçlar esa Toşkent şahri va Toşkent viloyatida (mos ravişda 26,27 va 28,80 foizdan) qayd etilgan.

Navbatdagi natijalar soni soat 14:00 da e’lon qilinadi.

  • 28 iyundan 5 iyulgaça bölgan muddatdan oldin ötkazilgan ovoz beriş jarayonida 815,3 ming kişi, jumladan, 180,7 ming nafar xorijda, 634,5 ming nafar şaxs mamlakat içida ovoz bergan.