Prezidentlik saylovida har bir nomzodga tashviqot uchun qariyb 5 mrld so‘mdan ajratiladi
Mablag‘lar barcha partiyalarga emas, ilgari surilgan nomzod tashviqoti uchun ko‘zda tutilgan.

Foto: Kun.uz
2023 yilgi prezidentlik saylovlarida har bir nomzodga tashviqot uchun 4 mrld 914 mln so‘mdan ajratilgan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Adham Ibodullayev Kun.uz muxbiri savoliga bergan javobida aytib o‘tdi.
MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning aniqlik kiritishicha, mablag‘lar siyosiy partiya uchun emas, har bir nomzod uchun ajratiladi.
«Hozirgi kunda 4 nafar nomzod bo‘lgani uchun, shu 4 nomzodga mablag‘ ajratiladi. Ikkita partiya tomonidan bitta nomzod ilgari surilgani uchun, shu bir nomzodga ajratilgan pul doirasida foydalanish imkoniyati bor. «Milliy tiklanish» partiyasi tashviqotda ishtirok etsa ham, ishtirok etmasa ham bo‘ladi. Lekin bir nomzodga ajratilgan mablag‘ doirasida», dedi u.
Komissiya a’zosi Xudoyor Mamatov nomzodlarga tashviqot uchun pul ajratilish jarayonini tushuntirib berdi.
«Saylov kodeksining 64-moddasiga muvofiq, siyosiy partiyalar tomonidan prezidentlika nomzodlar taqdim etadigan hujjatlar bor. Bular ariza, siyosiy partiyaning qurultoyi o‘tgani haqidagi bayonnoma, nomzodning shu partiyadan nomzodi ko‘rsatilishiga roziligi haqidagi arizasi va to‘plangan imzolar.
Markaziy saylov komissiyasi nomzodlarni o‘rganib chiqib, 4 ta partiyaning 4 nafar nomzodini ro‘yxatga oladi. Ro‘yxatga olingan nomzodlar sonidan kelib chiqib saylovoldi tashviqoti uchun pul ajratiladi. To‘rt nomzodga bir xil miqdordagi efir vaqti, bir xil vaqtdagi nashr maydoni, davlat budjetidan bir xil mablag‘ ajratiladi», dedi u.
- O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2023 yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
- Qonunchilikka muvofiq, saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi
O‘zbekiston | 10:54
-
10 aprelda Istanbulda Rossiya va AQSh vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Jahon | 10:48
-
Malayziya Toshkentda reabilitatsiya markazini tashkil etadi
O‘zbekiston | 10:40
-
Tumanlarda energiya balansini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi
O‘zbekiston | 10:30
Mavzuga oid

16:28 / 02.04.2025
Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

15:53 / 28.02.2025
“Shols yorqin lider bo‘lolmadi, Germaniyaga esa yana millatchilik xavf solmoqda” – nemis hukumati tarkibida kimlar bo‘ladi?

19:42 / 24.02.2025