Birlaşgan Millatlar Taşkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD) Inson taraqqiyoti töğrisidagi hisobotning navbatdagi 2020 yilgi naşrini taqdim qildi. Hisobot mavzusi «Keyingi marra: Inson taraqqiyoti va antropotsen» deb nomlanadi.

Kun.uz Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori Yuliy Yusupovning uşbu hisobot xulosalarining Özbekistonga nisbatan qöllanişi borasidagi fikr-mulohazalarini qisqartmalar bilan taqdim qiladi.

«Hisobot mualliflarining ta'kidlaşiça, Covid-19 kasalligi butun dunyo e'tiborini öziga tortgan bir paytda, ilgari mavjud bölgan sayyoraviy inqirozlar ham davom etib kelmoqda. 2020 yil sodir bölgan Atlantika havzasidagi dovullar mavsumi ham böronlar soni, ham tez avj olganlari soni böyiça yangi rekordlar örnatdi yoki şunga yaqin böldi. Sönggi 12 oy mobaynida misli körilmagan yonğinlar Avstraliya, Braziliya, Rossiya va AQŞning ulkan hududlarini kuydirib yubordi. Örmonlarni keng kölamda kesiş va atmosfera havosiga issiqxona gazlarini taşlaş davom etib kelmoqda»

Muallifning fikriça, Özbekistonda ham iqlim özgarişi mintaqamizdagi asosiy daryolarga suv yetkazib beruvçi toğdagi muzliklarning erişiga olib kelmoqda. Sönggi 50-60 yilda muzliklarning maydonlari taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga köra, örtaça yillik harorat 2 darajaga kötarilgan taqdirda muzliklar öz hajmining 50 foizini yöqotişi mumkin, harorat 4 darajaga kötarilgan taqdirda esa – bu hajm 78 foizgaça yetadi. Natijada mavjud suv resurslari hajmi ham qisqarmoqda. Masalan, Özbekiston tomonidan foydalaniladigan suvning yillik hajmi sönggi yillarda örtaça yillik 51-53 kub metrni taşkil qiladi, bu esa ötgan asrning 80-yillariga qiyoslaganda 20 foizga kamdir. Şu bilan birga, mamlakat aholisi uşbu muddat içida 1,5-2 baravar ösgan.

Yusupov Özbekistondagi köpgina muammolar ham tabiiy, ham ijtimoiy ildizlarga egaligi va ularning sabablari mamlakatning boşqa davlatlar bilan boğliqligida ekanini aytadi va bunga uçta misol keltiradi.

Birinçisi - ösib borayotgan suv tanqisligi muammosi. Vaziyatni ikki holat oğirlaştiradi. Birinçidan, Özbekistonning qöşni mamlakatlardan keladigan suv ta'minotiga boğliqligi yuqori darajada (iste'mol qilinadigan suvning 80 foizi taşqaridan keladi). Şuning uçun ham suv tanqisligi muammosini uşbu davlatlar bilan kelişmasdan hal etib bölmaydi. Ikkinçidan, Özbekistonda içimlik suvi juda samarasiz sarf qilinadi, ayniqsa, mamlakatdagi suv resurslarining 90 foizini iste'mol qiluvçi qişloq xöjaligida. Suv iste'molçilarga yetkaziş vaqtida (öta eskirgan va çirigan infratuzilma sababli suğoriş tizimlaridagi yöqotişlar 35-40 foizni taşkil qiladi) va iste'mol jarayonida ham (suğoriladigan yerlarning faqat 3 foizida suv tejovçi texnologiyalar tatbiq etilgan) yöqotiladi.