19:40 / 21.02.2021
6483
Armaniston muxolifati tinimsiz norozilik namoyishlari e'lon qildi

Armaniston muxolifati bosh vazir Nikol Pashinyan iste'foga chiqqunga qadar norozilik namoyishlarini davom ettirishini e'lon qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar berdi.

«Shu paytdan boshlab biz tinimsiz ommaviy norozilik aksiyalarini boshlaymiz. Mamlakatimizda Nikol bor ekan, barqarorlik va osoyishtalik bo‘lmaydi », - dedi “Vatanni qutqarish uchun harakat” muxolifat partiyasi boshqaruvchisi Ishxan Sagatelyan.

U namoyishchilarni to‘rt tomonga tarqalishga va Yerevanni falajlashga  chaqirdi. Muxolifatchi maqsadlari "Nikolsiz Armaniston" ekanligini ta'kidlab o‘tdi va bunga namoyishchilarning uyushgan harakatlari orqali erishiladi.

Top