17:00 / 25.02.2021
2494
Oliy sudga Telegram orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi

Foydalanuvchilar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyati yuzasidan kiritilgan savol va murojaatlarga qisqa fursatda tezkor javoblar olishlari mumkin.

Foto: Oliy sud

O‘zbekiston Oliy sudi Telegram messenjerida @suduzbot botini ishga tushirdi. Bu haqda Kun.uz’ga Oliy sud matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ushbu bot orqali foydalanuvchilar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyati yuzasidan kiritilgan savol va murojaatlarga qisqa fursatda tezkor javoblar olishlari mumkin.

Agar fuqarolar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilganda murojaat bo‘yicha asossiz rad javoblari berilsa, da'vo arizalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik, ortiqcha ovoragarchilik, sudyalar va sud xodimlarining muomalasidan norozilik hamda korrupsiya yoki tamagirlik holatlariga duch kelsa, @suduzbot boti orqali Oliy sudga murojaat qilishlari mumkin.

Oliy sud vakili barchani faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga chaqirib, hech bir murojaat e'tibordan chetda qolmasligini ta'kidladi.

Top