09:31 / 26.02.2021
6240

AQSh prezidenti Jo Bayden Saudiya qiroli bilan suhbatlashdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz Al Saud bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Suhbat davomida amerikalik siyosatchi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish istagini bildirdi.

Bundan tashqari, Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u ularni iloji boricha ochiqroq bo‘lishining tarafdori.

“Prezident yaqindagina amerikaning saudiyalik faollarining ozod qilinishini yuqori baholadi va AQSh uchun universal inson huquqlarining ahamiyati yuqoriligini ta'kidladi", dedi Baydenning matbuot kotibi.

Muloqot natijasida tomonlar umumiy qiziqishni uyg‘otadigan masalalar ustida ishlashga kelishib oldilar.

Top