«Keling, avval boshdan ta'kidlab qo‘yaylik, soliqlar to‘lanishi kerak, noqonuniy bitimlarga qarshi kurashish shart. Lekin bu ishlar qonuniy tarzda amalga oshirilishi kerak. Soliq qo‘mitasining so‘nggi oydagi harakatlari esa, fikrimcha — sog‘lom fikr va qonunni mazax qilish, bu «avval jangni boshlab olaylik, uyog‘ini keyin ko‘ramiz» prinsipi bilan biznes va bozor iqtisodiyotiga chinakam «qizil gvardiyachilar hujumi»ning o‘zginasi.
Nimalar sodir bo‘lyapti?
1. DSQ «risk-tahlil» natijasida 396 korxonadan iborat (keyinchalik 525tagacha kengaytirilgan) «Shubhali kontragentlar reyestri»ni tuzgan. Ularning shaxsiy kabinetlariga «qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarining asossiz zachyotini to‘g‘rilash» haqida bildirishnomalar jo‘natilgan yoki jo‘natiladi.
«Risk-tahlil» nima? Bu — ma'lum bir yuzaki belgilarga asoslanib korxonalarni alohida guruhga ajratish (masalan, «yuridik manzilining tez-tez o‘zgarib turishi», «soliq to‘lovchining ko‘rsatilgan manzili bankrot deb topilgan uch va undan ortiq yuridik shaxslarniki bilan bir xilligi», soliqlar bo‘yicha qarzdorliklar to‘planib qolgani). Sanab o‘tilgan belgilar mazkur ro‘yxatga tushgan korxonalarning boshqa korxonalarga nisbatan qonunlarni buzishi, soliqlarni to‘lamasligi ehtimoli yuqori ekanligidan bilvosita dalolat beradi. Jahon amaliyotida risk-tahlil kelgusidagi tekshiruvlarda diqqat qaratilishi lozim bo‘lgan tadbirkorlar guruhini ajratib olish uchungina amalga oshiriladi. Faqatgina shu uchun. Biroq, risk-tahlil natijalar aslo uning mezonlari ostiga tushgan firmalar qonunni buzgani va ular jazolanishi kerakligini anglatmaydi. Faqatgina tegishli tekshiruvlar, tergov-surishtiruv harakatlari hamda sud qarorlaridan keyingina ular qonunbuzar deb tan olinishi mumkin.
DSQ mantig‘iga ko‘ra, «reyestr»ga tushgan kompaniyalar QQS zachyotini to‘g‘rilash bilan jazolanadi va endi ularning o‘zi hech qanday qonunbuzarlik qilmaganini isbotlashi kerak. Boshqacha aytganda, Soliq qo‘mitasi butun jahonda qabul qilingan aybsizlik prezumpsiyasini bekor qilib, uni aybdorlik prezumpsiyasi prinsipiga almashtirdi.
2. Ammo bu «holvasi». DSQ yanada avjiga chiqdi. Barcha «shubhali kontragentlar» yoppasiga «obnalchilar» deb ataldi (garchi ularning «shubhalilik» belgilari korxonalar aynan pullarni naqdlashtirish bilan shug‘ullanganini ko‘rsatmasa-da), ular bilan ishlagan 10 mingta kompaniya esa mutlaqo quruq gap bilan «mablag‘larni naqdlashtirish va to‘lanadigan soliq summasini kamaytirish









