15:05 / 06.03.2021
5307
Rossiya va Fransiya bir-birlarining diplomatlarini yashirincha chiqarib yuborgan – OAV

Ma'lumot berilishicha, Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi iqtisodiy xizmati xodimlaridan biri «josuslik qilayotganida qo‘lga olingan». U keyinroq mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Foto: AFP

Parij va Moskva maxfiy ravishda bir-birlarining diplomatlarini chiqarib yuborgan, deb xabar berdi Les Echos nashri o‘z manbalariga tayanib.

Nashrning ma'lumot berishicha, Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi iqtisodiy xizmati xodimlaridan biri «josuslik qilayotganida qo‘lga olingan». U keyinroq mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Rossiya javob tariqasida Fransiyaning Rossiyadagi elchixonasi iqtisodiyot bo‘limi xodimlaridan birini chiqarib yuborgan, deb yozadi Les Echos.

Fransiya oxirgi marta rossiyalik diplomatlarni 2018 yil martda GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlangani sababli chiqarib yuborgandi. O‘shanda Rossiyaning to‘rt nafar diplomati Fransiyani tark etishga majbur bo‘lgan, Rossiya ham xuddi shu tarzda javob qaytargandi. 

Top