09:00 / 07.03.2021
7565
Havas 2 yoshda: Havas diskaunterlar tarmog‘ining xaridorlarga murojaati

Bugun, 7 mart kuni Havas 2 yoshga to‘ldi. Bu quvonchli kunda Havas diskaunterlar tarmog‘ining 120 do‘koni xaridorlarga o‘z eshiklarini ochdi. Yangi do‘kon manzili: Toshkent sh. Shayxontohur tumani, Furqat va Navoiy ko‘chalari kesishuvi, 8 do‘kon.

Hurmatli xaridor, birinchi Havas do‘koni iste'molchilarni past narxlar, chegirmalar va sifatli servis bilan shod etishni boshlaganiga 2 yil bo‘ldi. Bu vaqt mobaynida tarmog‘imizning har bir xodimi filiallarimizda qulaylik va shinamlik muhitini yaratish, xaridorlarimizga yuqori darajada sifatli va barra mahsulotlarni maksimal darajada arzon narxlarda yetkazib berish uchun astoydil mehnat qildi.

Havas o‘z xaridorlariga hech qachon oddiy iste'molchi kabi munosabatda bo‘lmagan. Havas uchun har bir doimiy xaridor – doimo tabassum bilan kutib olinadigan jon qo‘shni, har bir yangi xaridor – qaytishi intizorlik bilan kutiladigan yangi do‘stdir. Albatta, 2 yil davomida do‘konlarimizda xatolar bo‘lib turgan, ammo hatto eng yaqin do‘stlar orasida ham tushunmovchiliklar bo‘lib turadi, shunday emasmi?

Havas shaxsiy vaqtni qadrlaydi va xaridorlar o‘z shaxsiy vaqtini uzoq masofada joylashgan do‘konga yo‘l olishga emas, balki haqiqatda muhim narsalarga sarflashi lozim , deb hisoblaydi. Xaridorlar sevimli oila, yaqin do‘stlar yoki yoqimli xobbi kabi qadriyatlarga ko‘proq vaqt ajratish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun do‘konlar xaridorlarga iloji boricha yaqin joyda joylashishi lozim, deb biladi. Balki aynan shuning uchun iste'molchilar “Havas”ni “mehribon qo‘shni” deya atay boshlagandir.

2 yil davomida Havas do‘konlari soni 120 yetdi. Bunday muvaffaqiyatga erishishimizda aziz xaridorlarimizning hissasi katta. Qadrli do‘stlar, Havas sizga tanlovingiz va brendimizga bo‘lgan mehr-muhabbatingiz uchun minnatdorchilik bildiradi va sizga o‘z muhabbatini izhor etadi. Havas har bir xaridorni qadrlaydi va do‘konlarini yanada qulayroq, shinamroq qilish uchun tinimsiz ish olib boradi. Birinchi bor tashrif buyurgan xaridorlarda takroran qaytib kelish istagi paydo bo‘lishi uchun muntazam mehnat qiladi.

Bu shod kunda Havas har biringizga baxt-saodat, shodlik-quvonch, omad tilaydi. Biz sizni diskaunterlarimizda ko‘rishdan doimo mamnunmiz. O‘zingizga yaqin filialni rasmiy saytimizda aniqlashingiz mumkin:
Rasmiy saytimiz: www.havasfood.uz/ru/markets/

Sizning sevimli diskaunteringiz Havas.

Reklama huquqi asosida

Top