08:58 / 17.03.2021
5568

Navoiyda ma'muriy jarima va davlat boji uchun amalga oshirilgan to‘lovlar talon-toroj qilindi

Karmana tumanida ma'muriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlar talon-toroj qilinganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan Markaziy bank Navoiy viloyati bosh boshqarmasining tekshirish dalolatnomasiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida, AT “Xalq banki” Karmana filiali moddiy javobgar shaxslari 2020 yil davomida 414ta holatda ma'muriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan to‘lov kvitansiyalarini soxtalashtirib, to‘lovlarni bank dasturidan o‘tkazmasdan budjetga 57,5 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top