Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda ota va o‘g‘il is gazidan vafot etdi
Hodisa Karmana tumanida sodir bo‘lgan. Er-xotin va ularning ikki farzandi is gazidan zaharlangan. Ayol va kichik farzandi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Navoiy viloyatining Karmana tumanida bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Baxtsiz hodisa 18 dekabr kuni tumanning Sardoba mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. Oqibatda 30 yoshli S.Ya. hamda uning 4 yoshli o‘g‘li S.A. vafot etgan.
Shuningdek, marhumning turmush o‘rtog‘i va kichik farzandi Karmana tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Karmana tumani hokimligi matbuot xizmati holatni Kun.uz’ga tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish yuzasidan maxsus komissiya tuzilgan.
Avvalroq Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan vafot etgandi.
Mavzuga oid
16:48 / 31.03.2026
Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari uydan ishlashga o‘tkazilishi mumkin
22:54 / 30.03.2026
Navoiyda onlayn qimorga yutqazgan yigit qarzdan chiqish uchun Rossiya armiyasiga yollanishga qaror qildi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
12:17 / 13.03.2026