13:54 / 18.03.2021
4396

2020 yil aprel oyidan boshlab 5 milliondan ortiq fuqaroga moddiy yordam berilgan

2020 yil aprel oyidan buyon, taxminan 5,2 million kishiga shoshilinch yordam ko‘rsatilgan. Shundan 68 foizi nafaqa va vaucherlar shaklida, 29 foizi davlat tomonidan ajratilgan bir martalik pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, Jahon banki vakolatxonasi, shuningdek, bir qator manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokida Sovid-19 pandemiyasining mamlakatdagi uy xo‘jaliklariga ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari muhokama qilindi.

2020 yilning mart oyida birinchi umummilliy karantin joriy etilishi ortidan jami 18 mingdan ortiq uy xo‘jaliklari va 4 mingdan ortiq mahalla raislari ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2020 yil aprel oyida mehnat bozorini qamrab olgan ish qidirish saytlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarining soni 2019 yilga nisbatan 54 foizdan ko‘proqqa kamaygan. O‘tgan yilning dekabr oyiga borib bu raqam 2019 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 20 foizni tashkil etgan.

2020 yilning aprel oyida respondentlarning yarmidan kamrog‘i ularning oila a'zolaridan biri karantin boshlanganidan keyin ishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lganini aytib o‘tgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, 2020 yil aprel oyidan buyon, taxminan 5,2 million kishiga shoshilinch yordam ko‘rsatilgan. Shundan 68 foizi nafaqalar, vaucherlar shaklida, 29 foizi davlat tomonidan ajratilgan bir martalik pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lgan.

Yordam olish holatlari shahardan kelgan respondentlar orasida ikki baravar ko‘p uchragan.

2020 yilning so‘nggi oylarida mahalla raislari fuqarolarning ijtimoiy yordam bo‘yicha murojaatlari soni kamaygani haqida xabar bergan. Shunday qilib, bolali oilalarga (0 yoshdan 2 yoshgacha) bolalarni parvarish qilish bo‘yicha nafaqa olish uchun yangi murojaatlarning soni avgust oyida mahallalarning 58 foizida kuzatilgan bo‘lsa, 2021 yilning yanvar oyida bu raqam 28 foizni tashkil etgan. Bolali, kam ta'minlangan (2 yoshdan oshgan) oilalar uchun imtiyozlar bo‘yicha yangi arizalar soni shu davr mobaynida mahallalarda 51 foizdan 32 foizga pasaygan.

Kam ta'minlanganlar uchun boshqa imtiyozlar (oilada farzandlar borligi bilan bog‘liq bo‘lmagan) 2020 yilning avgust oyida 56 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021 yilning yanvar oyiga kelib 21 foizga qadar kamaygan.

Shuningdek, tibbiy yordam sifati va xavfsizligidan norozilik 2020 yilning iyul oyida 23 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilning yanvar oyida bu ko‘rsatkich 5 foizni tashkil etgan.

Bundan tashqari, 2020 yilning aprel oyida 26 foiz aholi oziq-ovqat iste'molining pasayishi haqida xabar bergan.

Avvalroq, Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) ijrochilar kengashi 2021 yilda Xalqaro valuta jamg‘armasi to‘g‘risidagi shartnomaning IV moddasiga asosan, O‘zbekiston bo‘yicha maslahatlashuvlarning yakuniy xulosasida pandemiyaning og‘ir salbiy ta'siri 2020 yilning birinchi yarmida bo‘lganligini aytib o‘tganligi ma'lum qilingandi. Samarali iqtisodiy choralar ko‘rilishi natijasida yilning oxirida iqtisodiyot ijobiy tomonga o‘sgan va YaIM 1,6 foizga oshgan.

Mavzuga oid
Top