Pensiya jamğarmasi bölim boşliği Sardor Fayzullayev Kun.uz'ga bergan intervyusida nafaqalar kimlarga tölanişi, ariza qaçon rad etilişi va kutilayotgan özgarişlar haqida gapirib berdi.

“Ijtimoiy himoya” yagona reyestri haqida

— Özbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlaş “Ijtimoiy himoya” yagona reyestri orqali amalga oşiriladi. Bu tizim oilaning kam ta’minlaganlik holatini aniqlaş, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlaş, şuningdek, davlat tomonidan beriladigan turli yordamlar haqidagi ma’lumotlarni özida aks ettiradi. Hozirgi kunda 2,2 mln oilaga şu tizim orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tölab kelinyapti.

Oilada 18 yoşga tölmagan farzandlari bölganlar bolalar nafaqasini oliş böyiça murojaat qilişlari mumkin. Yakka fuqarolar, barça farzandlari 18 yoşdan katta, kam ta’minlangan oilalar ham moddiy yordam uçun murojaat qilişi mumkin.

Oilalarning moddiy ahvoli yaxşilansa, moddiy yordam tölaş töxtatiladi

— Ijtimoiy adolat prinsipi nuqtayi nazaridan nafaqalarni haqiqatda muhtoj bölgan oila olişini ta’minlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi işlab çiqildi.

“Ijtimoiy himoya” yagona reyestri orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlab kelinayotgan bölsa, mazkur tizimda 16 vazirlik va idoradan 53 turdagi ma’lumotlar olinadi va şu asosda oilaning kam ta’minlanganlik holati aniqlanadi. Bola puli, moddiy yordam tayinlaş yoki rad etiş dasturda avtomatik qabul qilinadi. Şunday bölsa-da, ayrim öziga töq oilalar tomonidan moddiy yordam oliş holatlari uçramoqda. Bu qanday bölişi mumkin?

Birinçi navbatda bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangandan keyin oila tomonidan avtotransport vositasi yoki daromad keltiruvçi mol-mulk xarid qilinişi yoki oilaning daromadlari oşgan holatlarda 12 oygaça bolalar nafaqasi tölab beriladi. Ya’ni oilaning iqtisodiy ahvoli özgargandan keyin uşbu oilaning mezonlarga mosligi tayinlaş davomida qayta körilmaydi. Şuningdek, şunday holatlar uçraydiki, oilada mavjud avtotransport vositalari yoki mol-mulkini özining qarindoşlari nomiga ötkazib qöygan holatda nafaqa oliş uçun öz holatini sun’iy kam ta’minlangandek körsatiş orqali nafaqa olgan holatlar bor.

Kam ta’minlangan oilalarga nafaqa tayinlaşda manzilligiga e’tibor qaratiş közda tutilgan. Ya’ni birinçi kiritilayotgan özgariş bolalar nafaqasi tayinlaganidan keyin oilaning iqtisodiy ahvoli har oyda avtomatik tarzda örganiladi, bolalar nafaqasini olib turgan oilaning iqtisodiy ahvoli, iş haqi körinişida olib turgan daromadi, qöşimça mol-mulki yoki avtotransport vositasini sotib olganligi tegişli davlat organlari, Soliq qömitasi, kadastr organlari yoki Içki işlar vazirligidan olingan ma’lumotlar asosida har oyda örganiladigan tartib joriy qilinadi. Bolalar nafaqasi tayinlanganidan keyin oila yangi avtotransport vositasi yoki ikkinçi avtotransport vositasini xarid qiladigan bölsa, daromad keltiradigan mol-mulk xarid qiladigan bölsa, oilalar reytingdan avtomatik çiqariladi.