Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina urushda vayron bo‘lgan uylarni tiklash dasturini ishga tushirdi
Qurilish materiallari yoki ta’mirlash xizmatlariga buyurtma berish uchun fuqarolar 200 ming grivnagacha olishi mumkin.
Foto: UNIAN
10 may kuni Ukrainada urush oqibatida vayron bo‘lgan uylarni tiklashga ko‘maklashuvchi «eVіdnovlennya» dasturi ishga tushirildi.
Fuqarolar «Diya» mobil ilovasi orqali ariza topshirishi va qurilish materiallari yoki ta’mirlash xizmatlariga buyurtma berish uchun 200 ming grivnagacha (taxminan 61 mln so‘m) moddiy yordam olishi mumkin.
Qayd qilinishicha, avvalo, Rossiya qurolli tajovuzi, harbiy harakatlar, terroristik harakatlar, sabotaj oqibatida unchalik katta zarar ko‘rmagan uy-joy (kvartira, xususiy uy, boshqa turar-joy binolari) mulkdorlari yoki sheriklari bo‘lgan barcha fuqarolar yordam oladi. Dastlabki 2 kun davomida dasturga 5 mingdan ortiq ariza kelib tushgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy dasturni olqishlab, nafaqat uyi buzilganlar, balki vayron bo‘lgan uy-joylarini mustaqil ravishda tiklab olganlarga ham yordam berilishi kerakligini ta’kidladi.
«Yordamda tenglik tamoyili juda muhim va tegishli algoritm kerak. Keyingi qadam - yo‘qotilgan uy-joy uchun kompensatsiya. Bu ham amalga oshadi», deb qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.
Bosh vazir Denis Shmigal bu dastur orqali Ukrainani tiklash tez va samarali amalga oshishini ta’kidladi. Shuningdek, hukumat o‘z kuchi bilan uy-joylarini tiklab olganlarga ham yordam ko‘rsatish ustida ishlayotganini aytdi.
Mavzuga oid
08:28
Orenburgdagi gaz sanoati obektlari dron hujumiga uchradi
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:18 / 12.05.2026
Ukrainada Andrey Yermak pul yuvishda gumonlanmoqda
09:09 / 12.05.2026