11:44 / 18.03.2021
5671
Prezident tavsiya etgan yoshlar yetakchisi Namangan shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Namangan shahar hokimining qarori bilan Doston Abduqahhorov Namangan shahar hokimi o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-19 fevral kunlari Namanganga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan xalq deputatlari viloyat kengashi navbatdan tashqari sessiyasida e'tiborga molik takliflarni bildirgan viloyat ichki ishlar boshqarmasining yoshlar yetakchisi Doston Abduqahhorovni Namangan shahar hokimi o‘rinbosari lavozimiga tavsiya etgan edi.

Viloyat hokimligi ma'lum qilishicha, Doston Abduqahhorov Namangan shahar hokimi o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Qayd etilishicha, Doston Abduqahhorov 2019 yil avgust oyidan buyon Namangan viloyati IIB kadrlar boshqarmasi ma'naviy-tarbiyaviy ishlar va ijtimoiy himoya bo‘limi yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Top