19:37 / 19.03.2021
1424
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuroriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021 yil 18 martdagi buyrug‘iga asosan Savid Imatov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i xabar berdi.

Savid Bazarbayevich tayinlovga qadar Nukus shahar prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning iyun oyida Taxiatosh tumanining sobiq hokimi Farhod Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangandi.

Top