Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya bosh vaziri rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga tayyorligini aytdi
Avvalroq Bolgariya harbiy razvedkasining bir necha nafar xodimlari Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlanib hibsga olingani haqida xabar qilingandi.
Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov josuslik ishi sababli Rossiya diplomatlarini persona non grata deb e'lon qilishga tayyorligini aytdi.
«Yana bir bor rossiyalik diplomatlarni istalmagan shaxslar deb e'lon qilishimizga to‘g‘ri keladi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Blitz portali.
Borisov Bolgariya mudofaa vazirligi va harbiy razvedkasi xodimlari, shuningdek, Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayolning Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanib qo‘lga olinishiga ana shunday izoh berdi.
Avvalroq Bolgariya harbiy razvedkasining bir necha nafar xodimlari Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlanib hibsga olingani haqida xabar qilingandi.
Bolgariya bosh prokuraturasi vakili Siyka Milevaning so‘zlariga ko‘ra, guruhga Bolgariya sobiq razvedkasining sobiq yuqori martabali amaldori boshchilik qilgan.
Mavzuga oid
11:27 / 20.01.2026
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
20:55 / 31.12.2025
Bolgariya 1 yanvardan yevroga o‘tadi
11:19 / 13.12.2025
Bolgariya yevroga o‘tish arafasida: ommaviy norozilik va hukumat iste’fosi
15:45 / 10.12.2025