14:19 / 25.03.2021
17514
Qirg‘iziston bosh vaziri Toshkentga keldi

Toshkentda 25-26 mart kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov 25 mart kuni Toshkentga keldi. 

Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qo‘shni davlat hukumati rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashadi.

O‘zA xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat obektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.

Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Top