Qozoğiston boş vaziri Öljas Bektenov amaliy taşrif bilan Rossiya va Özbekistonga boradi, deb xabar berdi Tengrinews.
Qayd qilinişiça, Moskvada Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bölib ötadi. Tomonlar ikki davlat rahbarlari darajasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişning borişini, şuningdek, özaro manfaatli savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlarini muhokama qiladi.
Toşkentda Öljas Bektenov Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar ötkazadi, unda savdo va sarmoyaviy hamkorlikni oşiriş, sanoat, energetika, qişloq xöjaligi va transport-logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinadi.
Bektenovning Rossiya va Özbekistonga amaliy taşrifi böyiça aniq sanalar xabarda keltirilmagan.













