11:22 / 26.03.2021
1831

«Mirobod dehqon bozori»da bankomatni ochishga uringan shaxs ushlandi

2021 yilning 15 mart kuni soat 02:00da noma'lum shaxs Toshkent shahri, Mirobod tumani “Mirobod dehqon bozori” hududida joylashgan “Xalq banki” ATB Mirobod tumani filialiga qarashli bo‘lgan “Uzcard NCR 6622” rusumli bankomatni o‘zi bilan birga olib kelgan temir jism bilan ochishga uringan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u seyfga jamlangan 82 080 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida bankomat ichiga joylashtirilgan seyfni buzmoqchi bo‘lgan, lekin bu ishni oxiriga yetkaza olmasdan hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 26 yoshli Kamoliddin E. sodir etganligi aniqlanib, u protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Kamoliddin E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda. 

Top