09:21 / 27.03.2021
2235
Navoiyda maktabga ajratilgan ko‘mirni o‘zlashtirgan direktor va uning sherigiga sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi tomonidan hududdagi 84-umumiy o‘rta ta'lim maktabi uchun ajratilgan ko‘mirni o‘zlashtirgan maktab direktori va uning sherigiga hukm o‘qildi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi sudyasi Habibullo To‘xtayevning ma'lum qilishicha, maktab direktori Sh.X. va hududdagi xususiy korxonalardan birining rahbari bo‘lgan Sh.X. o‘zaro jinoiy til biriktirib, maktabga 2020-2021 yil kuz-qish davri uchun ajratilgan 84 tonna ko‘mirdan 30 tonnasini talon-toroj qilishgan.    

«O‘zbekko‘mir» AJ «Navoiy ko‘mir yetkazuvchi» filialiga qarashli «Zirabuloq» stansiyasidan maktab uchun 84,3 tonna ko‘mir olib chiqilgan. Ammo, davlat narxi 330 so‘m bo‘lgan ushbu ko‘mirning barchasi maktabga yetib bormagan. «Ishbilarmonlar» uning 30 tonnasini 16,5 million so‘mga sotayotgan vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xatirchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ushlangan.

Sud hukmi bilan maktab direktori va uning sherigi tegishli jazoga tortildi.

Top