Dam oliş kunlari Özbekiston hududiga janubdan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelişi davom etadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Kunduz kunlari termometr ustuni +40…+43 darajagaça, janubda va çöl hududlarda +44…+45 darajagaça kötariladi.

Faqat respublikaning şimoli-ğarbiy hududlarida dam oliş kunlari issiq biroz pasayişi kutilmoqda. Yakşanba kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi +35…+38 darajani taşkil etadi.

Respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Toşkent şahrida asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati keçalari +24…+27 daraja, kunduz kunlari +40…+43 daraja atrofida böladi.