Sog‘liqni saqlash vazirligi 3 aprel kuni O‘zbekistonda 193 kishida koronavirus qayd etilgani va yana bir bemor kasallik qurboni bo‘lgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 3 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83623 (+193) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Buxoro viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
8 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Farg‘ona viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
20 nafari Toshkent viloyatida,
154 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 631 nafarga etdi.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar,
Buxoro viloyatida 6 nafar,
Jizzax viloyatida 3 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
Samarqand viloyatida 21 nafar,
Toshkent viloyatida 16 nafar,
Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81629 (+180) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1363 nafar bemor davolanmoqda, shundan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.