02:35 / 08.04.2021
8710
YeChL. «PSJ» Flikning «Bavariya»siga ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi, «Chelsi» «Portu»dan ustun keldi, Mbappeda dubl
Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa Chempionlar Ligasida  chorakfinalning birinchi o‘yinlari yakuniga yetdi. 

O‘tgan yilgi finalchilar «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi gollarga boy bahsda parijliklar Mbappening dubli va Markinosning goli evaziga g‘alaba qozonishdi. Javob gollari Shupo-Moting va Myuller hisobiga yozildi. 

E'tiborlisi, bu — Flik boshchiligidagi myunxenliklarning YeChLdagi ilk mag‘lubiyati.

«Chelsi» Sevilyada, neytral stadionda o‘tgan bellashuvda «Portu» darrozasiga javobsiz 2ta to‘p kiritdi. Birinchi bo‘limda Maunt, ikkinchi  bo‘lim so‘ngida Chiluell gol urishdi 

Ushbu juftliklarda javob bahslari 13 aprelda bo‘lib o‘tadi. 

YeChL, 1/4 final, 7 aprel

Bavariya — PSJ 2:3

Gollar: Shupo-Moting (37), Myuller (60) — Mbappe (3, 68), Markinos (28).
Bavariya – Noyyer, Pavar, Lyuka Ernandes, Alaba, Zyule (Boateng, 42), Sane, Goretska (Devis, 33), Koman, Myuller, Shupo-Moting, Kimmix. 
PSJ – Navas, Diallo (Bakker, 46), Markinos (Errera, 30), Dagba, Kimpembe, Guyye, Di Mariya (Ken, 71), Danilu Pereyra, Draksler, Mbappe, Neymar (Rafinya, 90).
Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (35), Draksler (62), Kimmix (70), Boateng (72), Shupo-Moting (89).

Portu — Chelsi 0:2

Gollar: Maunt (32), Chiluell (85).
Portu – Marchesin, Manafa (Fransishku Konseysau, 83), Sanusi, Pepe, Mbemba, Korona, Otavio (Fabiu Viyeyra, 83), Marega (Toni Martines, 83), Uribe, Dias, Gruyich. 
Chelsi – Mendi, Jyeyms (Tiago Silva, 80), Aspilikueta, Kristensen, Chiluell, Maunt (Kante, 80), Kovachich (Emerson, 90), Haverts (Jiru, 65), Jorjino, Ryudiger, Verner (Pulishich, 65).
Ogohlantirishlar: Mbemba (63), Gruyich (79).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentyabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top