14:51 / 12.04.2021
8224

Ever Given kemasi yetkazilgan zarar to‘lanmagunicha ushlab turilishi ma'lum qilindi

OAVning yozishicha, Suvaysh kanalidagi voqea jahon iqtisodiyotiga bir necha milliard dollarga tushgan. Xususan, Misrning kunlik zarari 12-14 million dollar, global savdoga yetgan jami zarar esa 10 milliard dollarga yaqin deb baholanmoqda.

Suvaysh kanalida kemalar harakatini to‘xtatib qo‘ygan Ever Given konteyner tashuvchi kemasi yetkazilgan zarar to‘lanmagunicha ushlab turiladi, deb xabar berdi Unilad nashri.

Nashrning yozishicha, bu haqda Suvaysh kanali ma'muriyati rahbari Usoma Robi ma'lum qildi.

«Suvaysh kanalidagi hodisaga kemaning texnik nosozligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Konteyner tashuvchi kema egalari kanalga yetkazilgan zararni to‘lashni rad etadigan bo‘lsa, ish sudga oshiriladi. Kema Katta Achchiq ko‘l hududiga tortib qo‘yilgan. U zarar qoplanmagunicha ushlab turiladi», — dedi u.

Suvaysh kanali ma'muriyati rahbari talab qilinadigan tovon miqdorini aytmadi. Ammo avvalroq Robi zarar miqdori 1 milliard dollar atrofida baholanishi mumkinligini bildirgandi.

OAVning yozishicha, Suvaysh kanalidagi voqea jahon iqtisodiyotiga bir necha milliard dollarga tushgan. Xususan, Misrning kunlik zarari 12—14 million dollar, global savdoga yetgan jami zarar esa 10 milliard dollarga yaqin deb baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni uzunligi 400 metrga teng Ever Given kemasi Suvayshda sayozlikka o‘tirib qolib, kanal orqali harakatni to‘xtatib qo‘ygandi. Uni 29 mart kuni sayozlikdan chiqarishga muvaffaq bo‘lingan. Shundan keyin kanalda harakat tiklangan.

Top