Suvaysh kanali ma'muriyati “Ever Given” bilan bog‘liq zararni 1 milliard dollarga baholadi

Suvaysh kanalining “Ever Given” kemasi bilan to‘silishidan kanal ma'muriyati ko‘rgan zarar 1 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi. Bu haqda kanal ma'muriyati rahbari Usoma Robi ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, hodisa tergovi kamida bir hafta vaqt oladi. Tergov yakunlanmaguncha “Ever Given” kanalni tark etmaydi.
“Biz ko‘rilgan zararni, voqeaning birinchi kunidan qo‘llangan vositalar, buksirlar va boshqa texnikaga sarflangan xarajatlarni hisob-kitob qilib chiqamiz, bu anchagina mablag‘ni tashkil qiladi”, deb aytgan Robi Sada el-Balad telekanali efirida.
Uning aytishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ko‘rilgan zarar 1 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi.
Allianz sug‘urta kompaniyasi kanalning bir hafta davomida to‘silishidan jahon savdosi ko‘rgan zararni 6-10 mlrd dollarga baholagan. The Loadstar ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida kanal oldida turib qolgan kemalarning operatsion xarajatlari konteyner tashuvchi kemalar uchun kuniga 3,25 mln dollarni, tankerlar uchun 500 ming dollarni tashkil qilgan.
Suvaysh kanali 23 mart kuni “Ever Given” kemasining sayozlikka o‘tirib qolishi oqibatida to‘sib qo‘yilgandi. 29 mart kuni kemani sayozlikdan olishga va kanalda harakatni tiklashga muvaffaq bo‘lingan. Ekspertlarning baholashicha, kanal bu vaqt ichida har kuni 12-14 mln dollar zarar ko‘rgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
Mavzuga oid

21:40 / 08.01.2025
Misr Suvaysh kanalining yangi tarmog‘ini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

11:36 / 26.01.2024
BMT: Suvaysh kanali orqali savdo qilish hajmi 42 foizga kamaydi

22:49 / 13.12.2023
Isroil Ben Gurion kanali loyihasiga qaytishi mumkinmi?

13:45 / 08.04.2023