10:14 / 13.04.2021
4149
Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda yana 177 kishida kasallik aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 85 291 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 12 aprel kuni respublikaning 10ta hududida jami 177 ta kasallanish holati aniqlangan.

SSV matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 17 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 14 nafari Toshkent viloyatida,
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 nafar,
  • Navoiy viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 15 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent viloyatida 12 nafar,
  • Toshkent shahrida 95 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 83089 (+146) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1568 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top