Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir guruh ayollar va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida mojaro yuz berdi. IIBB rasmiy izoh bilan chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB xodimlari ayollarni xizmat avtomobili tomon olib ketayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Poytaxt IIBB axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, 14 aprel kuni taxminan soat 21:30larda Qoratosh va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari avtomobillar qatnov qismida farzandlari bilan tilanchilik qilib, haydovchilarga xalaqit bergan uch nafar ayollarni ko‘rib qolishgan.
Bildirilishicha, ayollar tilanchilik qilish ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirilib, ularning shaxsini aniqlash maqsadida Shayxontohur tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar bo‘limiga taklif qilingan.
“Bunga javoban ayollar atrofdagilarning rahmini keltirish uchun baqirib, xodimlarga faol qarshilik qila boshlashdi. Ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan shaxslar Samarqand viloyatlik, 25 yoshli, ikki farzandli Mahliyo Yu., 30 yoshli Zuhra Sh. va 25 yoshli Sanobar U. ekani, shuningdek ular muqaddam bir necha marotaba ogohlantirilgani aniqlandi.
Bundan avval xodimlar mazkur ayollarning yo‘l qismida tilanchilik maqsadida bolalaridan foydalanayotganiga guvohi bo‘lishgan. Bu ayollarning yo‘l qatnov qismida tilanchilik qilishi nafaqat ularning o‘zi, balki norasida go‘daklarining hayoti uchun ham xavfli bo‘lib, kamiga boshqa yo‘l harakati qatnashchilari hayoti ham xavf ostida qolgan”, deyiladi ma'lumotda.
Ma'lum qilinishicha, ayollarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rilishi uchun tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB xodimlari tilanchilik uchun javobgarlik kuchaytirilgandan buyon, faol tilanchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar orasida tushuntirish-profilaktik ishlar olib bormoqda.
“Profilaktik suhbatlar davomida tilanchilik bilan shug‘ullanish sabablari o‘rganilib, ularga yordam berish uchun ish taklif etilmoqda. Afsuski, ushbu fuqarolar har doim ham ishga joylashishga rozi bo‘lmasdan, yengil daromad topish maqsadida tilanchilik bilan shug‘ullanishda davom etmoqda”, deyiladi IIBB xabarida.
Tavsiya etamiz
Binyamin Netanyahu «yaroqsiz» ovqatdan zaharlandi
Jahon | 08:11 / 21.07.2025
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47 / 20.07.2025
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovi baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
Ta’lim | 10:01
-
“Uzbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025 yilning I yarim yilligi yakunlarini e’lon qildi
O‘zbekiston | 10:00
-
Rossiya muzokaralar raundi arafasida Odessa va Sumiga zarba berdi
Jahon | 09:36
-
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27
Mavzuga oid

09:05 / 20.07.2025
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti

20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?

09:04 / 18.07.2025
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi

23:57 / 17.07.2025