Toşkentning yaqindagina tasdiqlangan boş rejasini özgartirişni söragan quruvçilar istagi bajo keltirilmoqda: navbatdagi özgartiriş nişoni – daraxt kesişga moratoriymi? Korrupsiya, navbatlar va katta boj: IMEI maşmaşalari davom etyapti. Yana bir gaz-zapravka portladi: 4 kişi halok bölib, 15 kişi jarohatlandi. Ortda qolgan haftaning Özbekiston hayotiga oid şu va boşqa muhim voqealari – Kun.uz dayjestida.

Murod Nazarovdan daraxt kesişni qonuniylaştiriş taklifi

Özbekistonda daraxt kesişni taqiqlaş böyiça amal qilayotgan moratoriyning oltinçi yiliga kelib, uni bekor qiliş haqida takliflar yangray boşladi. Taklifni quriliş sohasidagi taniqli tadbirkor Murod Nazarov ilgari surdi. U Savdo-sanoat palatasida quriliş biznesi vakillari bilan ötgan oçiq muloqotda, moratoriyga qaramay daraxtlar baribir kesilayotgani vaji bilan, taqiqdan voz keçib, boşqa yeçimlar izlaşga çaqirdi.

“Kelinglar, quruvçi kompaniyalar yoki hatto uçinçi şaxslar “daraxtlar banki” ustida işlasin. Öşa tuman çegarasida daraxtlarni oldindan ekib qöyaylik. Bitta katta diametrli daraxt örniga neçta kiçkina diametrli daraxt töğri keladi – körsatkiçlari bölsin. Ertaga neçta daraxt kesiş kerak bölsa, hokimiyat balansiga ötkazib ketilaveradi. Kerak bölsa, bu bilan uçinçi şaxslar şuğullanadi. Daraxt ekmagan kompaniya bölsa, uçinçi şaxsdan öşa “limit”ni sotib olsin. Natijada daraxt ekişga investitsiyadek qaraş boşlanadi”, – dedi tadbirkor.

Yiğilişda qatnaşayotgan rasmiylar bu ğoyani qiziqiş bilan tingladi. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov taklifni “mantiqli va juda töğri” degan bölsa, Soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev ham tadbirkorning fikrlariga xayrixohlik bildirdi. Yiğilişdan taşqarida esa, aksariyat jamoatçilik bu taşabbusni öta salbiy qarşi oldi. Köplab faollar hozirgidek ekologik şaroitda daraxt kesiş böyiça moratoriyni bekor qiliş emas, aksinça, unga qat’iy amal qilinişini ta’minlaş va bu moratoriyning yoniga yana bitta moratoriy qöşib, Toşkent şahrida katta qurilişlarni taqiqlaşga çaqirdi.

“Bitta çinor biroz soya berişi uçun 7-10 yil vaqt kerak. Taklif berayotgan developer şunça yil oldin daraxt ekib, boğ yaratdimi?” – degan savolni örtaga taşladi deputat Bobur Bekmurodov. Boşqa bir deputat Javlon Abdullayev esa Murod Nazarovning “baribir kesilyapti-ku” degan fikriga javob berdi. Ekopartiya vakiliga köra, 2025 yilning birinçi yarmida daraxt kesiş böyiça 3200 ta ariza rad etilgani natijasida, 453 mingta daraxt saqlab qolingan. Ya’ni agar moratoriy bekor qilinsa, quruvçilar yiliga kamida 1 millionta daraxtni kesib taşlaşi mumkin. Javlon Abdullayev Özbekistonda ham rivojlangan davlatlardagi kabi qat’iy çoralar köriş, masalan, noqonuniy daraxt kesgan developerdan yerni olib qöyişgaça boradigan mexanizm joriy qilişga çaqirdi.

Keyinroq Ekologiya vazirligi ham dadil bayonot bilan çiqdi. Vazirlikka köra, heç qanaqa köçat voyaga yetgan katta daraxtning örnini bosolmaydi, qolaversa, “daraxtlar banki” amaliyoti korrupsiya va spekulyatsiyani yuzaga keltirilişi mumkin. Vazirlik huquqni muhofaza qiluvçi organlarni “janob Nazarovning daraxt kesişda qöllayotgan yondaşuvlari”ni töliq tekşirişga çaqirdi. “Uşbu örganiş natijalari uning oldingi faoliyati yuzasidan tegişli xulosalar çiqariş imkonini beradi”, deyiladi bayonotda.

Tanqidlar yomğiri ostida qolgan Murod Nazarov Kun.uz'ga intervyu berib, jamiyat daraxtlarga befarq emasligidan xursandligi, lekin moratoriyni bekor qiliş masalasi ertami-keçmi baribir kötarilişini aytdi.

“Sizga bitta aççiq haqiqatni aytaman: baribir bu narsa bir kuni kötariladi. Hozir meni qoralaşadi, yomonlaşadi, lekin şu videoni ertaga 5-10 yildan keyin kötargandan keyin, baribir qaraşsa, şu narsa işlab çiqilgan böladi. Bu narsa şunçaki taqiq bilan davom etolmaydi. Taqiq ba’zi narsalarga yeçim emas. Şahar baribir jonli narsa”, – dedi u.

Poytaxt boş rejasi özgarmoqda

Quriliş sohasidagi katta bir tadbirkorning daraxt kesişga moratoriyni bekor qilişni söraşi faollarda xavotir uyğotgani bejiz emas. Çunki quriliş lobbisining kuçini şu keça-kunduzda boşqa bir misol yaqqol körsatib turibdi: Toşkent şahrining boş rejasiga zid quriliş loyihalari birin-ketin potirlab çiqib kelişi ortidan, tasdiqlanganiga endigina yarim yil bölgan boş reja özgariş arafasida turibdi.

Murod Nazarov payşanba kungi şov-şuvli çiqişida poytaxtning boş rejasiga “tuzatiş” kiritilayotganini ham aytdi va özgargan boş reja yaqin kunlarda çiqib qolişiga umid bildirdi. Bu masala kun tartibida turganini ötgan hafta Quriliş vazirligi ham tasdiqlagan edi. Vazirlik boşqarma boşliğining Spot naşriga ma’lum qilişiça, özgarişlar ayrim mavzelarda binolarning ruxsat etilgan balandligiga taalluqli böladi. “Masalan, boş rejada 5 qavatgaça mumkin deyilgan, amalda esa bu hududlarda 16 qavatgaça quriliş qilsa böladi”, degan vazirlik rasmiysi.

Şu tariqa, jamoatçilik muhokamasiga çiqarilmasdan, 7 yil kutib tasdiqlangan boş reja 7 oyga bormay özgaradigan böldi. Bu özgarişga sabab bölayotgan katta loyihalardan hozirça törttasi ma’lum. Şaharning markaziy nuqtalari bölmiş Beşyoğoç bozori, sobiq Geologiya qömitasi binosi va Grand Mir mehmonxonasi örnida 30 qavatli binolar, Islom Karimov köçasidagi “Foton” zavodi örnida esa 53 qavatli bino quriş loyihalari işlab çiqilgan. Bu loyihalarning balandligi boş rejada ruxsat etilganidan bir neça barobarga yuqori. E’tiborlisi, yil boşida bir kompaniya Beşyoğoç bozori örnida osmonöpar binolar quriş niyatini bildirganida, Quriliş vazirligi “mumkin emas, bu boş rejaga zid” deb çiqqan edi. Keyinçalik xuddi şu joyga şahar hokimligining özi 30 qavatli bino quriş taklifi bilan çiqqanida, vazirlik bunga munosabat bildirmadi.

Çorvoq kurort-şaharga aylantiriladi. Jamoatçilik ekologiyadan xavotirda

Qurilişlarning ekologiyaga ta’siri böyiça oxirgi haftalarning eng köp muhokamadagi mavzusi – Çorvoq suv ombori atrofida kurort şahar qurilişi bilan boğliq. Ozarboyjonlik tadbirkor Emin Agalarov Boku şahrining yaqinida, Kaspiy dengizi sohilida barpo qilgan “Sea Breeze”, ya’ni “Dengiz şabadasi” nomli katta loyihasini Çorvoqda ham takrorlamoqçi. U 10 mlrd dollarga baholayotgan loyihasini dekabr oyidan beri prezident Şavkat Mirziyoyevga ikki marta taqdimot qilişga ulgurdi. Birinçi bosqiçda 5 mlrd dollar investitsiya kiritiş közda tutilgan va ötgan oyda bu borada Özbekiston hukumati bilan bitim ham tuzildi.

Agalarov quriliş işlarining faol bosqiçini şu yil yozda boşlaşni reja qilgan. Lekin jamoatçilikda Çorvoqning kelajagi borasida jiddiy xavotirlar bor. Bu yerlar özbekistonliklar uçun juda qadrdon va qimmatli. Toşkentliklar aynan Çorvoq suv omboridan suv içadi. Jamoatçilik köl atrofida butun boşli şahar qurilişini hudud ekologiyasi uçun katta xavf deb köryapti. Xususan, ekofaollar loyihani mustaqil ekspertizadan ötkazişga çaqiryapti.

Bu hafta Emin Agalarov bir guruh jurnalistlar va faollarni Bokuga taklif qilib, u yerdagi Sea Breeze loyihasi bilan taniştirdi va Çorvoqdagi loyiha haqidagi savollarga javob berdi. U Kaspiy dengizi qirğoqlarining bu qismi bir vaqtlar qarovsizgina joy bölgani, odamlar xuddi Çorvoqdagi kabi oqova suvlarni dengizga oqizgani, 2006 yildan boşlangan kurort-şaharni bunyod qiliş bilan hududga kanalizatsiya tarmoği tortilib, plyajdagi suvni tozalaşga erişilgani, 20 yil içida bu yerlarga millionlab daraxtlar ekilganini gapirib berdi.

“Bugun Çorvoq xavf ostida. Suvning sifati yomonlaşyapti. Birinçidan, oqova suvlar töplanmaydi. Ikkinçidan, tartibsiz qurilişlar [kanalizatsiya maqsadida] çuqurlardan foydalanyapti. Agar Çorvoq şu ahvolda qoladigan bölsa, uning kelajagi yagona master-plan va dizayn-kodga ega bölmagan xaotik qurilişlardan iborat böladi”, – dedi u.

Agalarovning aytişiça, loyiha doirasida suv omborining perimetri böylab oqova va kanalizatsiya suvlarini töplaş uçun umumiy kollektor örnatiladi. Biznesmen Çorvoq atrofiga köpdan köp daraxtlar ekişi, quriliş çiqindilarini maxsus kompaniyalar olib çiqib ketib utilizatsiya qilişi, bölajak şaharda quyoş energiyasi va energiya tejovçi aqlli texnologiyalardan foydalanilişi, hamma kirişi mumkin bölgan bepul plyajlar ham bölişini aytdi. Şuningdek, mustaqil xalqaro ekologlar kengaşini yiğib, ularning maslahati asosida iş qilişga va’da berdi. Agalarov ekologik ekspertiza va boşqa kerakli hujjatlarsiz, qurilişni boşlamasligi va Çorvoq aholisi bilan oçiq muloqotlar ötkazişini ham aytib ötdi.

Press-turda qatnaşgan ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Çorvoqdagi Sea Breeze loyihasi xuddi Italiya kurortlaridagi kabi ekologik standartlar asosida bölişini va’da qildi. “[Suv ombori atrofidagi] hozirgi xaosni, rejasiz va nazoratsiz qurilişlarni töxtatiş kerak”, – dedi Abduhakimov.

IMEI maşmaşalari

IMEI-kodlar maşmaşasi qaytadan kötarilgan sönggi kunlarda, bu boşoğriq tizim korrupsiyaga ham şaroit yaratayotgani yana bir bor öz tasdiğini topdi. Juma kuni Davlat xavfsizlik xizmati Namangandagi “Uçqörğon” postining bojxona inspektori qölga olinganini xabar qildi. Ma’lum qilinişiça, u 57 ta iPhone 16 Pro Max telefonini IMEI-kodi böyiça röyxatdan ötkazib beriş evaziga har biri uçun 100 dollardan, jami 5700 dollar söragan va şundan 1900 dollarini bölib-bölib, uç kun davomida bank kartasi orqali olgan. Uçinçi kungi tranzaksiyadan keyin, huquq idoralari uni aşyoviy dalillar bilan qölga olgan.

Hafta davomida IMEI mavzusi boşqa xabarlar sababli ham kun tartibida turdi. Avvaliga internetda IMEI-kodlarni röyxatdan ötkaziş narxi oşib ketgani haqida miş-miş tarqaldi va Bojxona qömitasi buni rad etib çiqdi. Qömitaga köra, registratsiya qiymati BHMning 20 foizi, ya’ni 75 ming sömligiça qolyapti, lekin ötgan yili oktyabrdan kuçga kirgan tartibga asosan, agar fuqaro mobil qurilmani olib kirişda bojxona deklaratsiyasini töldirmagan bölsa, unda IMEI-kodini röyxatdan ötkaziş uçun 30 foiz miqdorida boj tölaşi kerak. Masalan, deklaratsiya qilmasdan olib kirilgan telefonning bojxona qiymati 1000 dollar bölsa, uni röyxatdan ötkaziş uçun 300 dollar xarajat qilişga töğri keladi. “IMEI narxi endi 100 dollardan 400 dollargaça böldi” degan mazmunda tarqalgan miş-miş katta ehtimol bilan mana şu boj bilan boğliq.

Bu voqeadan bir neça kun ötib, “aeroportda IMEI mojarosi” degan sarlavha bilan tarqalgan video Bojxona qömitasini yana izoh berişga majbur qildi. Videoda Toşkent aeroportida IMEI sababli navbatlar yuzaga kelganini köriş mumkin. Bunga javoban qömita mobil qurilma olib kelgan yölovçilarning bojxona deklaratsiyalarini töldirib taqdim etişlari jarayonida kuzatilgan “qisqa muddatli navbatlar” bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Darvoqe, duşanbadan boşlab, Özbekiston aeroportlarida bunday navbatlar köpayişini kutiş mumkin. Şu sanadan boşlab, 1 yoki 2 kunga xorijga çiqqanlar özi bilan olib kelayotgan barça tovarlari uçun boj tölaşiga töğri keladi. Yodingizda bölsa, 1 maydan boşlab samolyotda kelayotgan jismoniy şaxslar notijorat maqsadda bojsiz olib kirişi mumkin bölgan tovarlar qiymati 2000 dollardan 1000 dollarga, poyezdda kelayotganlar uçun esa bu limit 1000 dollardan 500 dollarga pasaytirilgan edi. Avtomobilda yoki piyoda kirib kelayotganlar uçun 300 dollarlik limit özgarişsiz qolgandi. Öşa qarorda, 20 iyuldan boşlab kuçga kiradigan band ham bor edi. Unga köra, endilikda fuqarolar özi yoki yaqinlari uçun olib kelayotgan tovarni bojsiz olib kiriş huquqidan foydalaniş uçun, avtomobilda yoki piyoda kirib kelayotganida Özbekistonni tark etganiga 2 kundan oşgan bölişi kerak. Samolyotda keluvçilar uçun esa bu muddat 3 kunni taşkil etadi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Prezident administratsiyasida köplab kadr özgarişlari röy berdi. Administratsiya rahbari Saida Mirziyoyevaga 5 nafar örinbosar tayinlandi, ular orasida maktab vaziri Hilola Umarova ham bor. Uning örniga vazir lavozimini kim egallaşi hali ma’lum emas. Sardor Umrzoqov prezidentning strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi, Abdulaziz Komilov esa taşqi siyosat böyiça maslahatçisi lavozimiga kötarildi. Prezident maslahatçilari sifatida işlab kelgan Aziz Mağrupov, Doniyor Qodirov va Alişer Sultonov esa nisbatan quyiroq lavozimlarga tuşirildi. Şuningdek, Administratsiyaning 8 ta departamentiga rahbarlar tayinlandi; Toşkent şahri prokurori Erkin Yöldoşev faoliyatini administratsiyaning komplayens xizmati boşliği sifatida davom ettiradigan böldi.

Oliygohlarga kiriş imtihonlari boşlandi. Abituriyentlar soni yildan yilga kamayişda davom etyapti. Bu yil oxirgi 7 yildagi eng kam – 671 mingta abituriyent imtihonda qatnaşyapti. Bu – ötgan yilgidan 17 foizga, ikki yil oldingidan 29 foizga kam. Abituriyentlarning 64 foizi – bu yilgi bitiruvçilar. Respublika böyiça 11-sinfni ötgan oyda tamomlagan yoşlarning 94 foizi oliy ta’limga kirişni niyat qilgan.

Qaşqadaryodaning Kökdala tumanida mudhiş portlaş sodir böldi. 16 iyul kuni soat 14:40 larda Yettitom şaharçasida aholi uylariga yetkazib beriladigan gazballonlarni töldiriş stansiyasining portlaşi oqibatida 4 kişi, xususan stansiya rahbari halok böldi, yana 15 kişi jarohatlandi. Voqea joyiga borgan Kun.uz muxbiriga köra, stansiyaga tutaş restoran ham butunlay yonib ketgan, qurbonlarning ayrimlari şu yerda bölgan. Kökdala tumani hokimligiga köra, qurbonlarning oila a’zolariga 100 mln sömdan, jarohatlanganlarga esa 50 mln sömdan kompensatsiya tölab berilmoqda.

Andijon viloyati Xonobod şahri hokimi örinbosari 20 ming dollar olganida qölga tuşdi. DXX xabariga köra, u 4 gektar yerni auksionga çiqarib, tadbirkorning nomiga yutib berişni va’da qilgan. Boşqa bir holatda, Andijon tumani hokimining sobiq örinbosari va Andijon şahar statistika bölimi boşliği naq 150 ming dollar olganida uşlandi. Ular ham zavod qurmoqçi bölgan tadbirkorga 6 gektar yerni auksion orqali olib bermoqçi bölgan. Toşkentda esa, Mirobod tumani içki işlar boşqarmasi bölinma boşliği qölga olindi. Qamoqdagi şaxsni çiqartirib beraman deb, 18 ming dollar olgan podpolkovnik, va’dasini bajarolmay, pulning bir qismini qaytarayotgan vaqtida qölga tuşgan.

Namanganda köz körib, quloq eşitmagan jinoyat tafsilotlari oydinlaşdi. Avtomobilini sotmoqçi bölgan yuzlab odamlar aldanib, ularning maşinalari içki işlar xodimlarining aralaşuvi bilan noqonuniy tarzda davlat röyxatidan ötkazilgan va maşinalar gumdon qilingan. Aldangan ayrim fuqarolarning böyniga kredit ham ilib ketilgan. Bu işda jinoyatçilar, ayniqsa içki işlar xodimlarida otning kallasidek yurak bölganiga “qoyil qolmay” iloj yöq. Qonunlar bilan boşqariladigan Özbekistonda bunday işlar bölayotgani odamni öylantirib qöyadi. Tafsilotlar bilan uşbu maqola yoki YouTube kanalimizdagi video orqali tanişing.

Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
Tasvirçi – Şohruz Abdurayimov