Natijada, çet elda işlab çiqarilgan va bojxona rasmiylaştiruvidan ötganligini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan 34 050 dona KETO COFFEE MIX SLIM COFFEE, 2790 dona SLT SLIM LUX COFFEE, 3000 dona HOODIA CACTUS SLIMMING COFFEE, 720 dona SLIM GREEN COFFEE, 5280 dona NATURE COMPLEX LK FAT BURNING, 1000 dona “LAO SE LON”, 12 132 dona FIT90 FAT BURNER, 13 392 dona “ReDUKSIN LAYT”, 23 292 dona “TsYNZIŞOU PLUS” va boşqa turdagi dori vositalari borligi ma’lum böldi.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga köra, mazkur dori vositalari tarkibida “sibutramin” moddasi mavjud bölib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi “Özbekistonda kuçli ta’sir qiluvçi moddalar muomalasini tartibga soliş töğrisida”gi 818-sonli qaroriga köra “sibutramin” kuçli ta’sir qiluvçi moddalar röyxatiga kiritilgan.
Holat yuzasidan uşbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi. Olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida uşbu dori vositalarining xorijdan olib kelinişi bilan boğliq vaziyatga oydinlik kiritiş böyiça zarur çoralar körilmoqda.












