10:53 / 20.04.2021
17881
Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ilhom Safarov Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ilhom Safarov 1975 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. 2002 yil Termiz davlat universitetining bakalavr, 2011 yil magistr yo‘nalishlarini tugatgan. Mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi.

Ilhom Safarov mehnat faoliyati davomida Termiz pedagogika kolleji jismoniy tarbiya va biologiya fani o‘qituvchisi, bo‘lim mudiri, ishlab chiqarish ta'limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Termiz maktabgacha ta'lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish ta'limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Termiz bank kolleji direktori, Termiz shahar xalq ta'limi bo‘limi mudiri vazifalarida ishlagan. 2017 yildan Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021 yillarda Surxondaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

U shu kungacha Surxondaryo viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Ilhom Safarov bu lavozimda Chori Begimqulov o‘rnini egalladi. 2019 yil sentyabridan buyon Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Chori Rahmonovich Begimqulov 16 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektorda yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun ishdan olingan edi. 

Top