Yoşlar masalasida yil boşidan buyon ikkinçi marta ötkazilayotgan yiğilişda davlat rahbari köpçilik quyi böğindagi rahbarlar masala mohiyatini tuşunmayotgani, yoşlar bilan işlaş böyiça natijalardan mutlaqo norozi ekanini qayd etib ötgan.

Yiğilişda ayrim hududlarda işsiz yoşlarning bandligini ta'minlaş böyiça holat qoniqarsiz ekani tanqid qilingan.

«Işsiz yoşlarning bandligini ta'minlaş Surxondaryo viloyatida 30 foizni (15 ming 500 nafar) taşkil etib, bu respublikadagi eng past körsatkiç.
Xuddi şu kabi, Xöjaylida atigi 16 nafar (2 ming nafar yoşlar işsiz), Furqatda 27 nafar (2,1 ming nafar), Uluğnorda 78 nafar (3,7 ming nafar), Angorda 82 nafar (3,4 ming nafar) işsiz yoşlar «1+1» loyihasi bilan qamrab olingan.

Yoşlar bilan yetarli iş olib borilmagani oqibatida, ular örtasida jinoyatçilik Surxondaryoda 70 foizga oşgan (239 ta jinoyat).

Bu boradagi ahvol Şofirkon, Qamaşi, Xiva va Çust tumanlarida ham qoniqarsiz», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şu bois, yoşlar bilan işlaşni lozim darajada taşkil etmagani uçun:

  • Surxondaryo viloyati hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Uluğnor tumani hokimi Maxsudov;
  • yoşlar jinoyatçiligining oldini oliş böyiça zarur çoralar körmagani uçun Şofirkon va Qamaşi tumanlari prokurorlari, Xiva va Çust tumanlari içki işlar bölimlari boşliqlari;
  • yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaşda sustkaşlikka yöl qöygani uçun Xöjayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari lavozimidan ozod etilişi ma'lum qilindi.

«Barça olgan maoşlari qaytariladi va bolalar uyiga beriladi, birortasi davlat tizimida işlamaydi. Yoşlar muammolarini hal qiliş faqat prezidentga kerakmi?» – deya savol qöygan prezident.

Çori Rahmonoviç Begimqulov 2019 yil sentyabridan buyon Surxondaryo viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi. 

Çori Begimqulov