20:04 / 22.04.2021
5967
Toshkent davlat yuridik universiteti THE Impact Ranking'da dunyoning TOP-500 universitetlari ro‘yxatiga kirdi

Buyuk Britaniyaning oliy ta'lim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi The Times Higher Education tashkiloti o‘zining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini e'lon qildi.

Ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) dunyoning 94 ta mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida 401-o‘rinni egalladi. TDYuU mazkur reytingda mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

TDYuU THE Impact Rankings yettita yo‘nalishida ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • SDG 4: Quality Education (ta'lim sifati) –  201-o‘rin;
  • SDG 5: Gender Equality (gender tengligi) – 401-o‘rin;
  • SDG 8: Decent Work and Economic Growth (munosib ish joyi va iqtisodiy o‘sish) – 201-o‘rin;
  • SDG 9: Industry, Innovation and Infrastructure (sanoat, innovatsiya va infratuzilma) –  401-o‘rin;
  • SDG 10: Reduced Inequalities (tengsizlikni qisqartirish) –  401-o‘rin;
  • SDG 16: Peace, Justice and Strong Institutions (tinchlik, adolat va kuchli institutlar) – 201-o‘rin;
  • SDG 17: Partnerships for the Goals (barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik) – 401-o‘rin.

Toshkent davlat yuridik universiteti
 Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Top